O‘zbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi "Turon"da!
Yangi mavsumni Pro-ligada o‘tkazadigan “Turon” yana elitaga qaytish uchun o‘z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.
Yaypanliklar bugun “Navbahor-farm”ga qarshi nazorat bahsi o‘tkazmoqda. E’tiborlisi, ushbu uchrashuvda tajribali yarim himoyachi Aziz Ibragimov ham maydonga tushdi. 35 yoshli futbolchi “Turon”da ko‘rikda bo‘lib turibdi.
Bundan tashqari, Xurshid Xodjaev, Abdulloh Mirkomilov, A’zam Aliev, Sharif Rahmatov, Siyovush Xabibullaev, Xushnudbek Avilov, Ulug‘bek Xudoyberdiev, Bobur Qosimov va Bunyod Turg‘unboev kabi futbolchilar ham “Turon”da ko‘rikdan o‘tmoqda.



Fikrlar