
O‘zbekiston Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida ham Rio-2016 dagi o‘rnini saqlab qoldi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Paralimpiya delegatsiyasi Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida 8 ta sport turi bo‘yicha ishtirok etdi va yakunda jamoasi 8 ta oltin, 5 ta kumush, 6 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Jami 19 ta medalga ega bo‘lgan O‘zbekiston umumjamoa hisobida 168 ta davlat orasida 16-o‘rinni egalladi. Biz bu borada Osiyo davlatlari orasida Xitoy, Yaponiya va Erondan so‘ng to‘rtinchi, MDH davlatlari orasida Rossiya, Ukraina va Ozarbayjondan so‘ng to‘rtinchi va Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi bo‘ldik.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston delegatsiyasi Rio-2016 Paralimpiya o‘yinlarida ham 8 ta oltin medal bilan 16-o‘rinni egallagan edi.
Fikrlar
Энди Париж 2024 га ҳам Омад спортчиларимизга. Олға Ўзбегим фарзандлари.
Энди Париж 2024 га ҳам Омад спортчиларимизга. Олға Ўзбегим фарзандлари.