O‘zbekiston U-17 terma jamoasining o‘yinlari sanasi ma’lum

  • 12.02.2026 18:37
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistonida mezbonligida o‘tadigan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi bahslariga qur’a tashlandi. Qur’a natijalariga ko‘ra, terma jamoasizga Shimoliy Koreya, Hindiston va Avstraliya raqiblik qiladi. Vakillarimiz ilk uchrashuvini 6 may kuni Shimoliy Koreyaga qarshi o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 19:30da start oladi. Ikkinchi turda esa 10 may sanasida Hindiston terma jamoasi bilan bellashadi. O‘yin soat 20:00da boshlanadi. O‘smirlarimiz so‘nngi turda 13 may kuni avstraliyalik tengqurlariga qarshi maydonga chiqadi. Uchrashuv 19:00da start olishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, qit’a birinchiligi 5-22 may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!