O‘zbekiston xalqaro turnirda ishtirok etadi. Raqiblar orasida Xorvatiya bor!

  • 7 may, 2022, 13:47
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston U15 milliy terma jamoasi 11-15-may kunlari Xorvatiyada bo‘lib o‘tadigan "Vlatko Markovich" xalqaro turnirida ishtirok etadi.

Ushbu terma jamoani tajribali mutaxassis Zayniddin Tojiev boshchiligidagi murabbiylar shtabi boshqarib boradi.

Musobaqada umumiy 8 ta — Xorvatiya, O‘zbekiston, Irlandiya, Bosniya va Gersegovina, Uels, Bolgariya, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya terma jamoasi ishtirok etadi. Vakilalarimiz “A” guruhidan joy olgan bo‘lib, guruhda Xorvatiya, Irlandiya va Chernogoriya terma jamoalariga qarshi harakat qiladi.

11 may
Xorvatiya — O‘zbekiston;

12 may
O‘zbekiston — Irlandiya;

13 may
O‘zbekiston — Chernogoriya;

15 may
Pley-off uchrashuvi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!