
O‘zbekistonda "Tashkent Marathon" va “Save Aral” ekomarafoni tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning "O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni e’lon qilindi.
Unda sohaga oid bir qator yangiliklar joriy etilishi ham qayd etib o‘tilgan. Jumladan, 2020 yildan boshlab sport sohasida “Tashkent Marathon” xalqaro marafoni, “Save Aral” xalqaro ekomarafoni, avtoralli va motokross sport musobaqalarini tizimli o‘tkazish orqali sport turizmini rivojlantirish;
2020 yil 1 fevraldan boshlab bosqichma-bosqich olimpiya sport turlari bo‘yicha respublika sport musobaqalarida doping-test namunalarini olish tizimini joriy etish;
qishki Olimpiya sport turlari infratuzilmasini yaratish, ushbu sport turlarini ommaviylashtirish orqali professional sportchilarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
O‘zbekiston sport delegatsiyalarini nufuzli sport musobaqalariga tizimli tayyorlash bo‘yicha Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida Olimpiya tayyorgarlik markazini tashkil etish;
xorijlik sportchi va muxlislarni keng jalb qilish hamda sport infratuzilmasidan samarali foydalanish maqsadida “xospitaliti xizmatlari”ni yo‘lga qo‘yish, “Sport Visa” qo‘shimcha (elektron bo‘lmagan) kirish vizasini joriy etish;
sport sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish, shu jumladan, sport tashkilotlarida davlat ulushini kamaytirish bo‘yicha zarur choralar belgilash;
sport lotereyalarini tashkil etish orqali sportni qo‘shimcha moliyalashtirish tizimini kengaytirish kabi qo‘shimcha chora-tadbirlar ijrosi bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tilgan.
Fikrlar