O‘zbekistondagi eng mashhur jurnalistlar o‘rtasida “SPORTS.uz Cup” turniri bo‘lib o‘tadi

  • 15.11.2022 21:23
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

SPORTS.uz sayti tomonidan 17-18 noyabr kunlari sportga ixtisoslashgan OAV vakillari o‘rtasida futzal bo‘yicha “SPORTS.uz Cup” musobaqasi o‘tkaziladi.

Unda O‘zbekistondagi eng etakchi saytlardan Championat.asia, Tribuna.uz, SPORTS.uz, Xabardor.uz, Olamsport.com, reytingi baland telekanallardan Sport TV, MY5, Sevimli TV jamoalari qatnashadi.

O‘yinlar “Bunyodkor” futbol klubi sport zalida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvlar SPORTS.uz saytining You Tube platformasida JONLI EFIRda namoyish etiladi. Yurtimizdagi eng taniqli jurnalistlar ishtirokidagi futbol musobaqasini o‘tkazib yubormang!!!

Ertaga musobaqa oldidan “Bunyodkor” stadionida qur’a tashlanadi. Marosim 10:00da boshlanadi. Qur’a jarayonida jamoalardan bittadan vakil qatnashadi. Qur’a tashlash marosimi ham JONLI EFIRda olib beriladi.

afisha

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!