
O‘zbekistonlik futbolchi yana legionerga aylandi (Foto)
O‘tgan mavsum Rossiyaning "SKA Rostov" klubida to‘p tepgan Vladislav Aleksin faoliyatini boshqa chempionatda davom ettiradi.
Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Vladislav Aleksin jamoasini o‘zgartirdi. U erkin agent sifatida Qirg‘iz respublikasining "Dordoy" jamoasi safiga o‘tdi. Hamyurtimiz mavsum oxirigacha "Dordoy" sharafini himoya qiladi.
Vladislav Aleksin yurtimizda "Dinamo", "Navbahor", "Norin", "Qizilqum" klublarida to‘p tepgan. 30 yoshli hujumchi oxirgi marta 2021 yili navoiyliklar tarkibida o‘ynagan. Uning transfermarktdagi narxi 100 ming evroni tashkil qiladi.
Fikrlar