O‘zbekistonlik jangchi "Open FC 19" turnirida oktagonga ko‘tariladi
15 may kuni Rossiyaning Samara shahrida "Open FC 19" turniri bo‘lib o‘tadi.
Mazkur jang oqshomida o‘zbekistonlik Qodirxon G‘aniev ham navbatdagi jangini o‘tkazadi.
U rossiyalik Ruslan Gabaraevga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Ushbu to‘qnashuv yarim og‘ir vazn (93 kg) toifasida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, hamyurtimizning professional rekordi 6-3 ko‘rinish olgan bo‘lsa, Gabaraev professional faoliyatidan debyut jangini o‘tkazadi.


Fikrlar