O‘zbekistonlik K-1 ustalari Turkiyada jang qildi yoxud Uzair Ismoiljonovdan nokaut! (Video)

BEPUL PROPAN

Xabar berib o‘tganimizdek, 28 yanvar kuni Turkiyaning Istanbul shahrida K-1 bo‘yicha “King of King” jahon seriyasiga kiruvchi turnir bo‘lib o‘tdi. Ushbu jang kechasida ikki nafar hamyurtimiz ham ringga ko‘tarildi. 

Jumladan, Murod Ahmedov ukrainalik Oleg Pavlyakka qarshi ringga ko‘tarilgan bo‘lsa, yana bir hamyurtimiz Uzair Ismoiljonov Iroq vakili Yasir Taxa bilan to‘qnash keldi. Quvonarlisi, Uzair Ismoiljonov raqibini 1-raundning o‘zidayoq nokautga uchratgan bo‘lsa, Ahmedov ham raqibiga dastlabki raundning o‘zida xech qanday imkoniyat qoldirmadi va ukrainalik Oleg Pavlyak 1-raunddan so‘ng, jangni davom ettira olmadi. 

Shu tariqa har ikki sportchimiz muddatidan avval g‘alabani qo‘lga kiritib, maxalliy muxlsilar va tashrif buyurgan barcha tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Quyida, Uzair Ismoiljonov qay tarzda raqibini nokautga uchratganini e’tiboringizga havola etamiz. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!