
O‘zbekistonlik K-1 ustasi Turkiyada jang qiladi
20 noyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida K-1 bo‘yicha nufuzli jang kechasi tashkil qilinadi. "King of King" (KOK) turniri doirasida O‘zbekiston vakillari ham ringga ko‘tariladi.
Jumladan, Murodjon Ahmedov anchagina jiddiy raqib mezbonlar vakili Sukru To‘fonga qarshi jang qiladi. Ushbu turnir Turkiya K-1 federatsiyasi rahbari, jahon chempioni Erkan Varon tomonidan tashkil etilmoqda.
Shuningdek, yana boshqa o‘zbekistonlik jangchilarning ishtirok etishi ham kutilmoqda. Bu borada ham tez orada ma’lumot beramiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar