
O‘zbekistonlik MMA jangchisi amerikalik menejer bilan shartnoma imzoladi
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Sirojiddin Eshonboev (18-9) amerikalik menejer bilan shartnoma imzoladi. Hamyurtimiz “Rap Fight Management” kompaniyasiga boshchilik qiluvchi Shon Rapoport bilan hamkorlikni boshlagan. Albatta, ushbu menejer MMA olamida o‘z nomiga ega va nufuzli promoushenlar bilan shartnoma qilib berishga qodir desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
- Bir yillik shartnoma tuzdik. Ochig‘i, qaysi promoushenda jang o‘tkazishimni hali bilmayman. Ko‘plab promoushenlarga tavsiya qilar ekan va ma’qul kelganida faoliyat yuritaman. Nasib qilsa, tez orada jang tashkil qilib beradi. O‘ylaymanki, barchasi yaxshi bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, yurtdoshimiz faoliyati mobaynida “Alash prayd”, WEF, GFC kabi promoushenlarda o‘z janglarini o‘tkagan.
Fikrlar