
O‘zbekistonlik muxlislar ham yaponlardan o‘rnak olishni boshlashdi-mi? (FOTO)
Xabaringiz bor kecha Osiyo kubogi guruh bosqich 1-turida O‘zbekiston terma jamoasi Ummonga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu kuni Sharja shahridagi “Sharjah Stadium”ga ko‘p sonli o‘zbekistonlik ishqibozlar tashrif buyurishdi va terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlab turishdi. E’tiborlisi, shu kuni stadionga kelgan o‘zbekistonlik muxlislar o‘yin yakunlangach o‘zlari o‘tirgan sektorni chiqindilardan tozalab, pokiza holatga keltirishdi.
Eslatib o‘tamiz, bunday ishni JCh-2018da yaponiyalik muxlislar boshlab berishgan edi. Umid qilamizki yurtoshlarimiz ham endi bundan buyon har doim o‘zlarini mana shunday tutgan holda, boshqalarning o‘zbekistonliklarga bo‘lgan hurmatini yanada oshishiga hissa qo‘shishadi.
Fikrlar