Asosiy mazmunga oʻtish

Og'ir atletika

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

Unda ta’qiqlangan modda aniqlandi.

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Nurbol Abdurashitovdan musobaqa davrida olingan doping sinamasida sportda taqiqlangan “Drostanolon, Trenbolon” moddalari borligi aniqlangan. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Antidoping agentligi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, Butunjahon antidoping kodeksining 2.1 qoidasi (Taqiqlangan modda, yoki uning metabolitlari va markerlari sportchi analizida mavjudligi)ni buzganligi sababli Butunjahon antidping kodeksining 10.2.1 bandiga asosan 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi.

"Diskvalifikatsiya jazo muddatini o‘tayotgan shaxs (sportchi, murabbiy v.x.k) diskvalifikatsiya muddati tugaganga qadar xalqaro va milliy toifadagi musobaqalar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etishi taqiqlanadi. Agar yuqoridagi talablar bajarilmagan taqdirda ushbu shaxsga umrbod diskvalifikatsiya muddati qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek, kodeksda sport federatsiyasi yoki assotsiatsiyasiga nisbatan ham jazo chorasi qo‘llash mumkinligi belgilangan", - deyiladi agentlik bayonotida.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q