O'zbekistonlik shaxmatchilar "Menorca 2026" turnirida ishtirok etmoqda

  • 09.04.2026 17:23
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Shaxmat

Menorca 2026: O‘zbekiston shaxmatchilari xalqaro maydonda g‘oliblik uchun kurashmoqda.

Joriy yilning, 7–12 aprel kunlari Ispaniyaning Menorka shahrida nufuzli “V Open Chess Menorca 2026” xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Dunyoning 51 ta mamlakatidan 563 nafar shaxmatchi qatnashayotgan ushbu musobaqada O‘zbekiston 13 nafar vakil bilan ishtirok etmoqda. Ularning 7 nafari terma jamoa a’zolaridir.

Mukofot jamg‘armasi 60 000 evroni tashkil etadi. G‘olib 6 000 evroga ega bo‘ladi.

Turnirda jahonning kuchli grossmeysterlari – Gukesh Dommaraju, Leinier Dominguez Perez, Richard Rapport, shuningdek Volodar Murzin, Sam Shankland va Abhimanyu Mishra kabi nomlar qatnashmoqda.

Terma jamoamiz tarkibi:

Abdisalimov Abdimalik

Begmuratov Humoyun

Omonova Umida

Tohirjonova Gulruxbegim

Karimova Guldona

Xalilova Madinabonu

Imomkuzieva Nilufarxon

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!