Asosiy mazmunga oʻtish

O‘zbekistonlik sportchilar tomonidan Parij Olimpiadasiga yana 4 ta litsenziya qo‘lga kiritildi!

Engil atletikachimiz delegatsiyamiz hisobiga yana to‘rtta litsenziya taqdim qilishdi

Butunjahon engil atletika federatsiyasi Parij-2024 litsenzion tsikli yakunlangani va reyting orqali 4 yillikning eng nufuzli musobaqasiga yo‘l olgan sportchilar nomini e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, unda O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar a’zosi Anvar Anvarov (uzunlikka sakrash), Ekaterina Voronina (ko‘pkurash), Safina Sadullaeva (balandlikka sakrash) va Sharifa Davronova (uch hatlab sakrash) reyting orqali Parij-2024 ishtirokchilari qatoridan joy oldi.

Shu tariqa, engil atletikachilarimizning bo‘lajak Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan yo‘llanmalari 5 tani tashkil qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili marafonchimiz Shohruh Davlatov Olimpiada normativini bajarish orqali litsenziya sohibiga aylangan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q