O‘zbekistonlik taniqli hakam 39 yoshida vafot etdi

  • 25 may, 2023, 11:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

23 may kuni O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh hakami Aida Hasanova 39 yoshida bevaqt hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Xabarlarga qaraganda, Aida Hasanova vafotidan bir kun avval hususiy kosmetologiya klinikasida jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan, shundan so‘ng ahvoli og‘irlashib, tibbiyot muassasasining reanimatsiya bo‘limida olamdan o‘tgan.

Ma’lumot uchun, Aida Hasanova 1983 yil 4 avgust kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Qilichbozlikning 3 yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro toifadagi hakam darajasiga etgan o‘zbekistonlik birinchi mutaxassis hisoblanadi. Sportchilik faoliyatida xalqaro toifadagi sport ustasi darajasiga ega bo‘lgan. 2001-2006 mamlakat chempionati va xalqaro turnirlar, Markaziy Osiyo birinchiligi, xususan, 2005 yil Angliyada o‘tgan nufuzli turnirda g‘alaba qozongan. Hakamlik yo‘nalishida ham qisqa fursat ichida o‘zining odilona qaror qabul qilishi, shaffoflik va halollik prinsiplariga rioya etishi bilan Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi mutasaddilarining e’tiboriga tushdi. So‘nggi Jahon kubogi va Gran-pri musobaqalari, turli yosh toifalaridagi jahon chempionatlarida muntazam ravishda hal qiluvchi janglarni boshqarib borgan. A.Hasanova ushbu sport turida Olimpiya o‘yinlarida ishlagan o‘zbekistonlik birinchi hakam hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!