O‘zbekistonlik "Toni" Bangkokda muhim jang o‘tkazadi

CHERY AUTO

5 mart kuni Tailandning Bankok shahrida katta professional muaytay kechasi tashkil etiladi. "Fighter Muay Thai" promousheni tomonidan tashkil etilayotgan ushbu jang kechasida o‘zbekistonlik Qobilbek To‘laboev ham ringga ko‘tariladi. 

Tecno

Tailand zaminida "Toni" nomi bilan anchagina mashhurlikka erishgan hamyurtimiz ushbu jang kechasida mezbonlar vakili Kaevkla Kaevsamritga qarshi jang qiladi. 

Ushbu to‘qnashuv -57 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tadi. Sportchimizning saytimizga ma’lum qilishicha, ushbu jangda g‘alaba qozonsa, Singapurning mashhur  "One Championship" promousheni bilan shartnoma imzolashi mumkin bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz 5 yillik tanaffusdan so‘ng, 13 fevral kuni Tailandning yana bir nufuzli "Lumpine Fairtex Fight" promoushenida Romstritxon Gamlayokka qarshi jang qilgan va yuqori darajada o‘tkazgan jangiga qaramay bahsli tarzda g‘alaba raqibga yozilgan edi. 

Tolaboev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!