O'zbekistonning bo'lajak raqibi yangi jamoa bilan shartnoma imzoladi

  • 07.02.2026 12:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Jahon futbolida nom qozongan kolumbiyalik hujumkor yarim himoyachi Xames Rodriges faoliyatini MLSda davom ettiradigan bo‘ldi. Tajribali futbolchi “Minnesota Yunayted” bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqida klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Xames Rodriges Amerika klubiga erkin agent sifatida qo‘shildi. Shartnoma 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan bo‘lib, “Minnesota”da uni yil oxirigacha uzaytirish huquqi mavjud.

AQShga ko‘chib o‘tishdan oldin Xames 2025 yil boshidan buyon Meksikaning “Leon” klubida o‘ynagan edi. U yerda 34 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol va 9 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Futbolchi faoliyati davomida Yevropaning qator top-klublarida, jumladan “Real”da ham to‘p surgan.

Xames Rodriges 2026 yilning yozida AQShda bo‘ladigan jahon chempionatiga yuqori sport formda yetib bormoqchi. Eslatib o‘tamiz, Kolumbiya terma jamoasi mundialning guruh bosqichida O‘zbekiston futbolchilari bilan raqobatlashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!