O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi portugaliyalik tennischiga qarshi kortga chiqadi
O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Sanjar Fayziev ertaga Chexiya poytaxti Praga shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Chellenjer” turkumiga kiruvchi turnirdagi yurishini boshlaydi.
Sovrin jamg‘armasi 43 000 evroni tashkil etuvchi mazkur turnirning ilk bosqichida hamyurtimizga portugaliyalik Joao Domingesh raqiblik qiladi.
Qayd etib o‘tish joiz, Sanjar ATP reytingida 255-o‘rinda, uning raqibi esa 195-o‘rinni egallab turibdi.
Ushbu qarama-qarshilik ertaga Toshkent vaqti bilan soat 14.00 da start oladi.



Fikrlar