O‘zFHM "Mash’al" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvidagi bahsli holat bo‘yicha xulosa berdi

  • 02.11.2025 23:32
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Superliganing 27-turi doirasida "Mash’al" "Qo‘qon-1912" bilan bellashib, kichik 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Bellashuvdagi yagona golni 13-daqiqada Humoyun Murtozaev kiritdi.

Ekspert hakamlar guruhi ushbu uchrashuvidagi bahsli epizod yuzasidan xulosa berdi.

"Mash’al” va “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning 49-daqiqasida bosh hakam “Mash’al” darvozasi tomon penalti belgiladi.

VAR aralashuvidan so‘ng bosh hakam epizodni qayta ko‘rib chiqib, ushbu vaziyatda davozabon to‘pga o‘ynagani va birinchi bo‘lib tegingani hamda yo‘nalishni o‘zgartirgani sababli penaltini bekor qilgan. Raqib futbolchisi darvozabonga o‘zi urilgan.

Ekspert hakamlar guruhi xulosasiga ko‘ra, mazkur holatda bosh hakam VARning chaqiruvidan keyin to‘g‘ri qaror chiqargan", - deyilgan O‘zFHM bayonotida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!