OʻzFXM OʻzPFLga VARdagi suhbat yozuvini bermayapti!
O‘zbekiston Professional futbol ligasi hakamlar va VAR tizimi yo‘lga qo‘yayotgan xatolar yuzasidan O‘zFHMga murojaat qildi. Shuningdek, Rustam Lutfullinni Superliga, Proliga hamda O‘zbekiston Kubogi kabi musobaqalardan chetlashtirishni talab qilayapti.
“Bizni ajablantirgan jihat shundaki, "Qo‘qon-1912" — "Nasaf" uchrashuvining 78-daqiqasida ro‘y bergan holatni bosh hakam Rustam Lutfullin dastlab to‘g‘ri baholab, o‘yinni davom ettirdi. Keyinchalik VAR hakami Ibrohim Ismoilov vaziyatni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha taklif kiritdi. Yakunda hakam o‘z qarorini o‘zgartirdi. Biroq o‘sha kunning o‘zida Ekspert hakamlar guruhi holatga zudlik bilan reaksiya bildirib, VAR bu kabi holat uchun bosh hakamni chaqirib adashganini, shuningdek, holat bo‘yicha bosh hakam xato qaror qabul qilganligini qayd etdi”, — deya so‘zida davom etdi Liga rahbari.
“O‘tgan mavsum Superliga 15-turidan o‘rin olgan Dinamo — Nasaf uchrashuvida ham bahsli holat ro‘y berib, o‘shanda ham Rustam Lutfullin Nasaf darvozasiga shubhali penalti belgilagandi. Qayd etish kerak, o‘sha kungi uchrashuv texnik xatolik sabab translatsiya qilinmadi va tabiiyki, uchrashuvda VAR ishlatish imkoniyati bo‘lmadi. Bunday holat uchun Liga hakamni aybdor qilishdan tiyildi. Biroq kechagi uchrashuvda takroriy lavhalar turli rakursdan bo‘lgan holatda ham hakamlar xato qaror qabul qilayotgan bo‘lsa, unda VAR funksiyasi nimadan iborat?”, deyiladi O‘zPFL bayonotida.
Fikrlar