O‘zil qachon "Tottenxem"ga o‘tishini aytdi

  • 09.09.2020 21:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Arsenal” xavbeki Mesut O‘zil bugun tvitterdagi sahifasida muxlislar bilan suhbatlashdi. Savollarning biri “Tottenxem”ga o‘tish yoki faoliyatini yakunlashdan birini tanlash haqida bo‘ldi. Germaniyalik futbolchi esa bu savolga quyidagicha javob berdi.

“Agar sovrinlarsiz qolishni istasam, albatta “Tottenxem”ga o‘taman”, - deydi O‘zil.

Mesut “Arsenal” safiga 2013 yil “Real”dan ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!