Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

O‘zPFL tomonidan navbatdagi qadam yoxud Liga muhim kelishuvga erishdi!

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 0

Oʻzbekiston professional ligasi yangi hamkorga ega boʻldi.

O‘zPFL matbuot xizmatining xabar berishicha, 2026 yilning 25 fevral kuni Yandex Uzbekistan hamda O‘zbekiston Professional futbol ligasi mamlakat futboli rivoji yo‘lida keng qamrovli hamkorlik kelishuvini imzoladi.

Yandex UzbekistanProliganing rasmiy titul homiyisiga aylanadi. Bundan tashqari, Superligada rasmiy hamkor maqomiga ega bo‘ladi. Endi Superliga va Proliga uchrashuvlari "Allplay" hamda "Kinopoisk" platformalari orqali namoyish etiladi.

Hamkorlik Yandex ekotizimi xizmatlari va brendlarini futbol media-muhitiga, stadionlar infratuzilmasiga hamda ligalar kommunikatsiya formatlariga kompleks integratsiya qilishni nazarda tutadi.

O‘yin kunlari muxlislar uchun Yandex Music, Yandex Go, Alisa va boshqa xizmatlar tomonidan maxsus aksiya va tadbirlar tashkil etiladi. Jumladan, stadionlarda interaktiv tadbirlar yo‘lga qo‘yiladi, faol foydalanuvchilar va Yandex Go haydovchilari ishtirokida uchrashuvlardan oldin to‘pga ramziy zarba marosimlari o‘tkaziladi. Shuningdek, yangi film, serial va musiqiy relizlar premyerasiga bag‘ishlangan maxsus loyihalar ishga tushiriladi.

Undan tashqari, raqamli hamkorlikni kengaytirish, qidiruv tizimida maxsus funksiyalarni joriy etish va shahar xizmatlari bilan qo‘shma brend loyihalarini amalga oshirish masalalari ham ko‘rib chiqilmoqda.

Hamkorlik doirasida yoshlar futbolini rivojlantirish va futbolga yangi auditoriyani jalb etishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarga alohida e’tibor qaratiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q