
Paolo Maldini: "Milan" yangi mavsumda EChL yo‘llanmasi uchun kurashishi kerak
“Milan”ning texnik direktori Paolo Maldini “rossonerilar” yangi mavsumda Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashishlari kerak deb hisoblaydi.
“Klub rahbariyati jadvaldagi o‘rnimizni yaxshilash uchun ko‘p harakat qildi. Maqsad kuchli to‘rtlikka qaytish. Bu vazifa emas, ammo "Milan" kuchli to‘rtlikdan joy olish uchun kurashish haqida o‘ylamasligi ham mumkin emas”, - deydi Maldini.
“Rossonerilar” o‘tgan mavsum A Seriyani 6-o‘rinda yakunlashdi. “Milan” yangi mavsumning ilk uchrashuvini “Bolonya”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar