Paralimpiya. Nurxon Qurbonova jahon rekordini o‘rnatgan holda ketma-ket ikkinchi bor jahon chempioni bo‘ldi!

BEPUL PROPAN

Kobe shahrida davom etayotgan para engil atletika bo‘yicha jahon chempionatidan xushxabarlar kelishi davom etadi.

Bundan biroz avval ayollar o‘rtasida F54 klassida nayza uloqtirish dasturida ishtirok etgan hamyurtimiz Nurxon Qurbonova 20.73 metr natija bilan amaldagi jahon rekordini (20.25 metr) 48 sm ga yangiladi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Nurxon Qurbonova 2023 yil Parijda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida F54 klassida nayza uloqtirish dasturida 20.15 metr natija bilan oltin medal va Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!