Paralimpiya. Para dzyudo sport direktori Yanosh Tardos O‘zbekistonga keldi

  • 10.10.2022 09:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo

Xalqaro ko‘zi ojizlar sporti (IBSA)ning para dzyudo sport direktori Yanosh Tardos O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati kutib oldi.

Yanosh Tardos tashrif davomida Toshkentda o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionati bahslarini kuzatib, Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer hamda Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti - O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!