Asosiy mazmunga oʻtish

Og'ir atletika

Paralimpiya. Para pauerliftingchilarimiz Parij-2024 oldidan so‘nggi musobaqada ishtirok etadi

Bo‘lajak dunyo birinchiligida matonatli sportchilarimizga omad tilaymiz!

Joriy yilning 17-27 iyun kunlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida para pauerlifting bo‘yicha jahon kubogi bo‘lib o‘tadi. Ta’kidlash kerakki, ushbu musobaqa Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolari taqdim etuvchi so‘nggi xalqaro musobaqa hisoblanadi.

Bugun para pauerlifting bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etish uchun Gruziyaga jo‘nab ketdi. Mazkur jahon kubogida 15 nafar para sportchimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q