Asosiy mazmunga oʻtish

Paralimpiya. Sardor Baxtiyorov Qohira ochiq chempionatida shoxsupaga ko‘tarildi

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

Matonatli sportchimizga keyingi bahslarda ham omad tilaymiz.

Xabar berganimizdek, para suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ayni kunlarda Misr poytaxti Qohira shahrida bo‘lib o‘tayotgan Qohira ochiq chempionatida ishtirok etmoqda.

E’tiborlisi, S6 klassida erkaklar o‘rtasida 100 metrga erkin usulda suzish bahslarida hamyurtimiz Sardor Baxtiyorov 1 daqiqa 13 soniya natija bilan marraga ikkinchi bo‘lib etib keldi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Ta’kidlash kerakki, Sardor Baxtiyorov ushbu musobaqada shuningdek, 50 metrga batterflyay usulida suzish bahslarida ham ishtirok etadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q