
Paralimpiyachilar xayriya aktsiyasida ishtirok etishdi
Kecha poytaxtimizda “Save Aral” shiori ostida yugurish bo‘yicha xayriya aktsiyasi o‘tkazildi.
E’tiborlisi, 4 ming nafardan ortiq inson qatnashgan aktsiyada O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar faol ishtirok etishdi. Shuningdek, ushbu ommaviy yugurishda qatnashgan paralimpiya sportchilari yana bir bor o‘zlarining iroda va matonatlarini ko‘rsatishdi.
Fikrlar