
Parexo: "Bu mavsumdagi “Real” menga umuman yoqmadi"
"Vilyarreal" yarim himoyachisi Dani Parexo La Liganing 2024/25 yilgi mavsumida "Real Madrid"ning o‘yini unga ta’sir qilmaganini ma’lum qildi.
“Real” — u “Real”. Ular qanday bo‘lsa, shunday. Tarkibida bitta-ikkita epizod bilan o‘yin taqdirini hal qilib qo‘yadigan ajoyib futbolchilar bor.
Lekin ochig‘ini aytsam, bu mavsumda ular menga umuman yoqmadi. Na taktik jihatdan, na himoyada. Juda zaif himoya. Deyarli har qanday raqib ularga 2–3 tadan gol ura olardi" — deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi ispaniyalik xavbek.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Karlo Anchelotti boshqarayotgan "qirollik klubi" La Liga turnir jadvalida 37 ta turdan so‘ng 81 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar