"Parij-2024" qatnashchilari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

  • 23 avgust, 2024, 13:49
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Olimpizm
CHERY AUTO

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni!

Tecno

Mamlakatimizda olimpiya harakatini yangi bosqichga ko‘tarish, xalqimiz o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga qo‘shayotgan ulkan hissasi, yurtimizda sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor va yaratilgan sharoitlardan samarali foydalangan holda, o‘zining azmu shijoati, yuksak iroda va mahoratini, vatanparvarlik fazilatlarini yaqqol namoyon etib kelayotgani, xususan, Frantsiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida har tomonlama munosib qatnashib, Vatanimiz tarixida mislsiz natijalarga erishgani, Yangi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini oshirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ulari ruhida tarbiyalash borasidagi katta xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:

"El-yurt hurmati" ordeni bilan

Do‘smatov Xasanboy Marfjon o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Rashitov Ulug‘bek Ismatullaevich - Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

 

"O‘zbekiston iftixori" faxriy unvoni bilan

Jamalov Razambek Salambekovich - Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Keldiyorova Diyora Baxtiyor qizi - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Mo‘ydinxo‘jaev Asadxo‘ja Zohidxo‘ja o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Mullojonov Lazizbek Hasanjon o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Xaloqov Abdumalik Anvar o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

 

"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi" faxriy unvoni bilan

Abdullaev Gulomjon Ozodovich - Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Djuraev Akbar Xusnidilla o‘g‘li - Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Osipova Svetlana Valerevna - Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Yusupov Alisher Xalimboevich - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

 

"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi" faxriy unvoni bilan

Azizov Ulug‘bek Azim o‘g‘li - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Kiyamova Nellya Esxatovna - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

To‘ychiev Alisher Kurbanovich - Farg‘ona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi boks bo‘yicha murabbiysi

 

"Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan

Polatov Saken Djetibaevich - O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari

Tashmatov Sherzod Rixsibaevich - O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi raisi

 

"Do‘stlik" ordeni bilan

Qilichev To‘lkin Maxmurovich - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiysi

Toygonbaev Ziyatdinbek Kurmanbekovich - Andijon viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi boks bo‘yicha murabbiysi

Turoboev Muzaffarbek Toshtemir o‘g‘li - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Xan Pavel Afanasevich - Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

 

II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan

G‘afurov Davron Dilmuradovich - Zangiota tumani sport maktabi boks bo‘yicha murabbiysi, Toshkent viloyati

Qilichev Farruh Komilovich - Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi boks bo‘yicha murabbiysi, Toshkent viloyati

Mansurov Dilshod Ismatovich - Toshkent tumani sport maktabi direktori, Toshkent viloyati

Mirzadjanov Farxod Mirxamitovich - Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Xudayberganov Jamshid Ismailovich - Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi dzyudo bo‘yicha murabbiysi, Xorazm viloyati

 

                                                                                O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ХОЛМУРОДОВ АМИР
23/08/2024 16:12
Бокс буйича бош мураббий Киличев Тулкинга Узбекистон Кахрамони бери керак жди У бунгало логика эди 5та чемпион бу кийин жуда кийин