Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston sport delegatsiyasi haqida qiziqarli faktlar

  • 18 avgust, 2024, 12:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, joriy yilning 28 avgust - 8 sentyabr kunlari Frantsiya poytaxti Parij shahrida XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Quyida ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etadigan O‘zbekiston sport delegatsiyasiga oid qiziqarli faktlarni keltirib o‘tamiz:

Tecno

-Tarixda ilk bor o‘zbekistonlik 65 nafar sportchi Paralimpiya o‘yinlariga 113 ta litsenziya qo‘lga kiritdi;

-65 nafar litsenziantning 29 nafari, ya’ni 45 foizi ayol sportchilar hisoblanadi;

-O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z tarixida ilk bor Paralimpiya o‘yinlarida 9 ta sport turi bo‘yicha ishtirok etadi;

-Tarixda ilk bor O‘zbekiston delegatsiyasi para velosport bo‘yicha Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi;

-O‘zbekiston delegatsiyasining eng yosh sportchisi Shaxina Yigitalieva (para engil atletika) bo‘lib, 2008 yil 19 oktyabr kuni tug‘ilgan;

-O‘zbekiston delegatsiyasining eng yoshi katta sportchisi Server Ibragimov (para o‘q otish) bo‘lib, 1978 yil 28 noyabr kuni tug‘ilgan;

-Para taekvondo bo‘yicha tarixda ilk bor 5 nafar sportchimiz Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya oldi;

-Para pauerlifting bo‘yicha tarixda ilk bor 8 nafar sportchimiz Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya oldi;

-Para kanoe bo‘yicha tarixda ilk bor 6 nafar sportchimiz Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!