Asosiy mazmunga oʻtish

Yakkakurashlar

Parkentda belbog‘li kurash bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

G‘olib va sovrindorlar Parkent tumani sport maktabi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi.

Joriy yilning 24 fevral kuni Parkent tumani sport maktabida belbog‘li kurash bo‘yicha Toshkent viloyati chempionati bo‘lib o‘tdi. 

2010-2011 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida  bo‘lib o‘tgan mazkur musobaqada viloyatning Yuqorichirchiq, Bekobod, Bo‘ka, Piskent va Parkent tumanlari, Chirchiq va Olmaliq shahridan jami 180 nafar sportchilar ishtirok etishdi. Murosasiz o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni Parkent tumani jamoasi qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi o‘rinni Chirchiq shahri jamoasi egallagan bo‘lishsa, uchinchi o‘rin Olmaliq shahri va Piskent tumani yoshlariga nasib etdi. Musobaqa reglamentiga muvofiq, kuchli uchlikdan joy olgan polvonlar mamlakat chempionatida ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi. Shuningdek, musobaqa doirasida tantanali ochilish marosimi ham tashkil etildi.

Marosimda Parkent tumani hokimi, Toshkent viloyati belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Sardor Isaqulov, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov, "Adolat"  SDP Toshkent viloyati kengashi raisi Gulnora Ahmedova, Toshkent viloyati belbog‘li kurash federatsiyasi raisi o‘rinbosari Bekzod Boltaboev va boshqalar ishtirok etib, sportchilarga musobaqalarda omad tilashdi. 
Bellashuvlar yakuniga etgach, g‘olib va sovrindorlar Parkent tumani sport maktabi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi. 
 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q