Patrik Vera: "Men uni eng zo‘ri deb bilaman"

  • 16.10.2025 18:34
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Arsenal" klubi afsonasi Patrik Vieyra "Golden Boy" sovrinining asosiy favoritlaridan biri Dezire Due haqida gapirdi.

"Dezire Due Evropadagi eng yaxshi yosh futbolchi. U nafaqat Chempionlar ligasi finalida gollar urdi balki, butun mavsum mobaynida o‘z iste’dodini to‘laqonli namoyon etdi. U "Renn"da o‘ynab yurgan paytida ham sezilarli darajada  o‘sishga erishgan edi. PSJda esa to‘laqonli katta figuraga aylanib ulgurdi. Due qiyin vaziyatlarni boshdan o‘tkazdi, ammo mehnat qilishdan to‘xtamadi va hech qachon taslim bo‘lmadi. Lamin Yamal bu yil nomzodlar orasida yo‘q ekanini inobatga olsak, ushbu sovrinni yutishga asosiy davogar aynan frantsiyalik iqtidor. Men uni dunyodagi zo‘rlar ichida eng zo‘ri deb hisoblayman", - dedi sobiq futbolchi.

Ma’lumot uchun, Dezire Due "France Football" tomonidan beriladigan Oltin To‘p sovrini nomzodlari orasida 14-o‘rinni egallagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!