Pavel Xan: Ulug‘bek Rashitov eng yuqori sport formasida bo‘lmasa ham chempion bo‘ldi

  • 7 fevral, 2022, 18:08
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi BAA mamlakatida bo‘lib o‘tgan "Fujairah Open" musobaqasida ishtirok etdi. Unda vakillarimiz 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 7 ta medal qo‘lga kiritishdi. Taekvondo federatsiyasi matbuot xizmati terma jamoa bosh murabbiyi Pavel Xan bilan suhbatlashdi.

"Umuman olganda musobaqa yaxshi o‘tdi. Ko‘plab davlatlar asosiy sportchilari bilan ishtirok etishdi. Bizning taekvondochilar 6-7 oydan buyon xalqaro musobaqada ishtirok etishmagandi. Ammo shunga qaramay sportchilarimizning natijalari yomon bo‘lmadi. Munosib ishtirokdan xursandman.

Ulug‘bek Rashitov Olimpiadadan keyingi birinchi xalqaro musobaqasida qatnashdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. U eng yuqori sport formasida bo‘lmasa ham chempion bo‘ldi. Asosiysi u o‘zi uchun muhim 20 ballga ega bo‘ldi.

Omonjon Otajonov va Iroda Mirtojieva uchun bu kattalar o‘rtasidagi birinchi xalqaro musobaqa edi. Ular katta tajribaga ega bo‘lishdi",- dedi Pavel Xan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!