
"Paxtakor" - "Al-Ta’avun". Kimning tarkibi qimmatroq? Jamoalarning eng qimmat futbolchilar kimlar?
Toshkentning “Paxtakor” klubi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining navbatdagi turini Saudiya Arabistonining “Al-Ta’avun” klubiga qarshi o‘tkazadi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, “Al-Ta’avun”ning tarkibi 20.9 mln evroni tashkil qiladi. Saudiya klubining eng qimmat futbolchisi esa Paragvay terma jamoasi a’zosi Kaku hisoblanadi. Uning ayni damdagi transfer narxi 5 mln evroga baholanmoqda.
Taqqoslash uchun, “Paxtakor”ning tarkibi 9,83 mln evroni tashkil etadi. “Sherlar”ning eng qimmat futbolchisi esa Odil Hamrobekovdir. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosining ayni damdagi transfer narxi 1 mln evroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” va “Al-Ta’avun” jamoalari o‘rtasidagi bahs 11 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:15 da boshlanadi.
Fikrlar