"Paxtakor" - "Dinamo" o‘yini oldidan: katta ustunlik "Sherlar" tarafida!
Superliga 3-turida "Sherlar" Toshkentda "Dinamo"ga qarshi o‘ynaydi.
Chempionatlar tarixida jamoalar 52 uchrashuvda to‘qnash kelishgan. Unda "Paxtakor" 40 g‘alaba, 6 durang va 6 mag‘lubiyatni qayd etgan. Raqib darvozasiga 108 to‘p kiritilib, 29 gol o‘tkazib yuborilgan. Toshkentda o‘tkazilgan 26 uchrashuvning 24 tasida "Paxtakor" zafar quchgan. Ikki bor esa Samarqand jamoasi ustun kelgan. O‘zaro o‘yinlarda "Paxtakor"ning eng yirik g‘alabasi 6:0 natijasidan iborat bo‘lgan.
Mazkur bellashuv "Paxtakor"ning joriy mavsum Superligadagi birinchi uy o‘yiniga aylanadi.
"Paxtakor" va "Dinamo" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 29 mart, shanba kuni soat 20:30 da "Jar" stadionida boshlanadi.
Fikrlar