"Paxtakor" - "So‘g‘diyona" uchrashuvidan so‘ng lazer shou va kontsert dasturlari namoyish etiladi

  • 27 sentabr, 2019, 21:31
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

1 oktyabr kuni "Paxtakor" chempionlikni tantana qilinadigan bellashuvda "So‘g‘diyona"ni qabul qilishadi.

Tecno

O‘yinga tashrif buyuradigan muxlislar chempionlik nishonlanishiga atalgan ajoyib kechaga guvoh bo‘lishlari mumkin. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Ishqibozlarning nafaqat qiziqarli futbol, balki chempionlikning chiroyli bayram qilinishidan bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Bellashuv yakuniga etgach, stadionda lazer shou tashkil etiladi. Bundan tashqari, milliy estrada yulduzlari ishtirokida kontsert dasturi, qimmatbaho sovg‘alar qo‘yilgan ijtimoiy aktsiya va eng muhim tadbir - chempionlik kubogini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

"Paxtakor" - "So‘g‘diyona" bellashuvi 1 oktyabr, seshanba kuni "Paxtakor" stadionida soat 17:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!