"Paxtakor" afsonalaridan biri vafot etdi!

  • 26.01.2024 12:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Paxtakor" klubining sobiq futbolchisi, uzoq yillar davomida ushbu jamoa futbol maktabiga rahbarlik qilgan Vladimir Shtern vafot etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

5_14

"O‘zbek futboli afsonalaridan biri Vladimir Shternning vafot etgani munosabati bilan uning oila a’zolari, yaqinlari va futbol jamoatchiligiga ta’ziya izhor qilamiz. U 1964-73 yillarda "Paxtakor" safida jami 242 uchrashuvda maydonga tushgan. Shuningdek, 20 yildan ortiqroq vaqt davomida "Paxtakor" futbol maktabini boshqargan. Vladimir Shternning klubimiz uchun amalga oshirgan ishlari doim yodimizda saqlanadi", - deyiladi klub xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
27/01/2024 13:02
Киевда гол урганини эслайман. Ўшанда "Пахтакор" 1:0 га ютган эди.Ҳа, у зўр ҳимоячи эди.
Шоим Зарипов
26/01/2024 15:53
Рахматли жуда кучли химоячи эди
АЛИ
26/01/2024 15:33
Худо Рахмат килсин