
"Paxtakor" bilan xayrlashgan legioner o‘ziga boshqa jamoa topdi
“Paxtakor” safida to‘p surgan va jamoani tark etgan legioner futbolchi Kimi Merk yangi klubga o‘tdi.
Bu yil 21 yoshga to‘ladigan yarim himoyachi Qirg‘izistonning “Dordoy” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida klub matbuot xizmati e’lon qildi.
Germaniyada tug‘ilgan va Qirg‘iziston terma jamoasi uchun o‘ynab kelayotgan Merk “Paxtakor”ga 2023 yilning yozida qo‘shilgan bo‘lib, o‘tgan bir yarim yil davomida “Sherlar” tarkibida Superliga, O‘zbekiston Kubogi va OChLda hammasi bo‘lib, 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 6 ta gol urdi.
Kimi “Dordoy” da 10-raqam ostida to‘p suradi.
Fikrlar