"Paxtakor" Chempionlar ligasida sensatsiya ko'tardi

  • 15.09.2026 07:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Paxtakor» safarda kutilmagan natija qayd etdi — jamoa Jidda shahrida Saudiya Arabistonining kuchli klublaridan biri hisoblangan «Al-Ahli»ga qarshi o‘yinda durangga erishdi. Bu uchrashuv OFK Elit Chempionlar Ligasi asosiy bosqichi birinchi turidan o‘rin olgan edi.

Kuchli raqib maydonida kechgan bellashuv 1:1 hisobı bilan yakunlandi. Uchrashuv oldidan «Al-Ahli» aniq favorit sifatida ko‘rilgandi. Shunga qaramay, «Paxtakor» oxirgi daqiqalargacha g‘alabaga yaqin keldi. 86-daqiqada Flamariyonning aniq zarbasi Toshkent klubini hisobda oldinga olib chiqdi.

O‘yinning 93-daqiqasigacha «Paxtakor» hisobda yetakchilik qildi. Biroq qo‘shimcha daqiqalarda maydon egalari hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi — «Al-Ahli» safida Firas al-Buraykan gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa, Osiyo Chempionlar Ligasi Elit bosqichi start turidan so‘ng «Paxtakor» ham, «Al-Ahli» ham bir ochkodan qo‘lga kiritdi. Keyingi turda O‘zbekiston klubi yana bir saudiyalik jamoa — «Al-Qadisiya»ga qarshi maydonga tushadi. «Al-Ahli» esa BAA klubi «Al-Vasl» bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!