"Paxtakor" etakchilarisiz yig‘inni boshlaydi

  • 6 yanvar, 2022, 16:44
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Paxtakor" 8 yanvar sanasidan yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini boshlaydi.

Milliy terma jamoaning BAAda o‘tadigan yig‘inida qatnashadigan 8 nafar futbolchi - Farruh Sayfiev, Hojiakbar Alijonov, Odil Hamrobekov, Doston Hamdamov, Abror Ismoilov, Hojimat Erkinov, Sardor Sobirxo‘jaev va Sherzod Temirov jalb etilgan. Ushbu futbolchilar fevral oyidan klub ixtiyoriga qaytishadi. Qolgan futbolchilar esa, Toshkentda mavsumga hozirlikni boshlashadi.

5-20 fevral kunlari Turkiyaning Belek shahrida xorij yig‘ini o‘tkaziladi. Ushbu yig‘in davomida Rossiya, Gruziya va Ukrainaning "Dinamo" klublariga qarshi uchta nazorat o‘yini o‘tkazish rejalashtirilgan.

10 fevral

"Paxtakor" - "Dinamo" Moskva;

15 fevral

"Paxtakor" - "Dinamo" Tbilisi;

19 fevral

"Paxtakor" - "Dinamo" Kiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!