
"Paxtakor" futbolchilari nechanchi marta chempionga aylandi?
"Paxtakor" futbolchilari faoliyatlari davomida bir necha marta o‘zi o‘ynagan chempionatlar yuqori ligasida zafar quchgan.
Sadriddin Abdullaev 5-marta "Paxtakor" bilan chempion bo‘ldi. Umumiy hisobda uning chempionligi 8taga etdi. Egor Krimets, Vladimir Kozak, Jaloliddin Masharipov va Igor Sergeev 5-bor mamlakatimiz chempioniga aylandi.
Anzur Ismoilov "sherlar" bilan 13 yillik tanaffusdan keyin yana oltin medalga ega chiqdi. Bungacha u "Bunyodkor" va "Lokomotiv" bilan ham chempionatimizda g‘olib bo‘lgan.
Sardor Sobirxo‘jaev, Eren Derdiyok va Dragan Cheran uchinchi bor chempionlikka erishdi. Derdiyok bungacha Shveytsariya va Turkiyada chempionga aylangan bo‘lsa, Cheranda Makedoniya chempionligi ham mavjud. Aksariyat futbolchilar "Paxtakor" jamoasi safida ikkinchi chempionlikni nishonladi.
8 - Sadriddin Abdullaev
5 - Egor Krimets, Vladimir Kozak, Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeev
4 - Anzur Ismoilov
3 - Sardor Sobirxo‘jaev, Dragan Cheran, Eren Derdiyok
2 - Sanjar Quvvatov, Eldor Suyunov, Sherzod A’zamov, Akram Komilov, Hojiakbar Alijonov, Alisher Salimov, Farruh Sayfiev, Dostonbek Hamdamov, Odil Hamrobekov, Javohir Sidiqov.
1 - Asad Sobirjonov, Diyor Xolmatov, Abror Ismoilov, Hojimat Erkinov.
Fikrlar