"Paxtakor" futbolchisi "So‘g‘diyona"da!
"Paxtakor" yarim himoyachisi Asadbek Sobirjonov ijara asosida "So‘g‘diyona"ga o‘tdi.
Futbolchi "sherlar" bilan birga Dubay yig‘iniga uchib ketgandi, biroq "Zenit"ga qarshi o‘yindan keyin Asadbek Toshkentga qaytgan va "So‘g‘diyona" yig‘iniga qo‘shilgan. Yarim himoyachi bugun "Andijon"ga qarshi nazorat uchrashuvini asosiy tarkibda boshladi.
Ma’lumot uchun, Sobirjonov o‘tgan mavsum 12ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 gol yozdirib qo‘ygandi.

Fikrlar