
"Paxtakor" g‘alabaga yaqin edi, lekin...
Antaliyada yig‘in o‘tkazayotgan “Paxtakor” klubi bugun Belekdagi “Titanik” stadionida Shimoliy Makedoniyaning “Sileks” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Ushbu jamoada ilgari “Bunyodkor”da to‘p surgan makedoniyalik hujumchi Stivitsa Ristich hozirda “Sileks”da sport direktori lavozimida ishlamoqda.
O‘yin jangovar tarzda kechdi, biroq unda hisob ochilmadi. “Paxtakor” esa g‘alabaga yaqinroq edi. Ammo raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi.
“Paxtakor”: J. Sekeyra, U. Adhamzoda, M. Hamraliev, A. Abdullaev, M. Abdumajidov, J. Luka, S. Sobirxo‘jaev, Flamarion, D. Hamdamov, I. Sergeev, R. Bashar.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Sh.Azmiddinov, U.Hoshimov, A.Bo‘riev, Riaskos, D.Xolmatov, O.Jo‘raqo‘ziev, I.Ibrohimov, D.Ortiqboev.
Fikrlar