"Paxtakor" ham xayriya aktsiyasiga qo‘shildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Klub rahbariyati, xodimlar, barcha jamoalar murabbiylar shtabi va futbolchilari pandemiya sababli yuzaga kelgan qiyin sharoitda O‘zbekiston aholisini qo‘llab-quvvatlashdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

"Jahonda va yurtimizda kechayotgan og‘ir damlarda birlashish hamda pandemiyaga qarshi birgalikda kurashish muhim.

Muqaddas Ramazon oyida birga yordamga muhtojlarga g‘amxo‘rlik qilib, mehribonlik ko‘rsatish g‘alaba sari yo‘lda katta qadamga aylanadi.

"Paxtakor" futbol klubi rahbariyati va xodimlarining shaxsiy jamg‘armasidan 100 million so‘m miqdorida summani "Mehr-shafqat va salomatlik" jamoat fondiga ko‘mak zarur insonlarga yordam ko‘rsatilishi uchun o‘tkazib berildi", - deyiladi rasmiy xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rostgo'y
28/04/2020 23:24
Endimi uji kasalla tuzalip bulay dedi xa mayli otanga raxmat yasha lekin xech kimga indamasdan qilganingda nur ustiga ako nur buladi
SHAXBOZ BEKMURODOV
28/04/2020 21:11
Bu ishni oldinroq qilish kerak edi, paxtaoy
Umid Erkulov
28/04/2020 19:14
Яшавор Пахтакор яхши иш булибди лекин хеч ким билмаганда янаям яхши буларди