
“Paxtakor” himoyachisi Toshkent derbisida ishtirok etmaydi
Toshkentning "Paxtakor" jamoasi 10 mart kuni o‘tadigan derbiga tayyorgarlik ko‘rishda davom etmoqda. Bu haqda "sherlar" matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Jar" stadionida bugun o‘tkazilgan mashg‘ulot bir yarim soatcha davom etdi. Unda futbolchilar odatdagi tartibda jismoniy mashqlarni bajarib, so‘ng bo‘lajak uchrashuvda e’tibor qaratiladigan vaziyatlar bo‘yicha ishlashdi.
Oyog‘idan jarohat olgan Egor Krimets hozircha yaxshi holatini saqlash uchun mashqlar bajarmoqda. Ikki haftalarda uning yakka tartibda mashg‘ulotlarga qaytishi kutilmoqda.
Bundan ko‘rinib turibdiki, himoyachi Toshkent derbisini qo‘yib yuborishga majbur bo‘lad.
Fikrlar