"Paxtakor" kichik "missiya"ni bajardi. Eron klubi taslim etildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi tur bahsida "Paxtakor"ga Eronning "Shahr Xodro" klubi raqiblik qildi. 65-daqiqada Jaloliddin Masharipov tomonidan kiritilgan yagona gol "sherlar"ning g‘alabasiga sabab bo‘ldi.

Toshkent klubi pley-off bosqichida Eronning yana bir jamoasi "Istiqlol"ga qarshi chorak final yo‘lllanmasi uchun bellashadi.

Avvalroq, "Al Hilol" klubi musobaqadan chetlashtirilib, qayd etgan natijalari bekor qilingandi. Shundan so‘ng, o‘z-o‘zidan "Paxtakor" guruh etakchisiga aylandi va 10 yil deganda, pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Safar Nuriddinov
24/09/2020 10:43
Истиклол бу шахрихудро эмас анаэнди курамиз .сергеев. черан .нимага кодирликларини узимизда у химоячиларни итариб йикитиб гол урарди форсларга бу номерлари утармикан