Asosiy mazmunga oʻtish

"Paxtakor" legioner hujumchi bilan shartnoma imzoladi

Улуғбек Хошимов
Izohlar: 0

Pyotr Parjishek - "Paxtakor" futbolchisi!

Pyotr Parjishek - "Paxtakor" futbolchisi!

"Sherlar" polshalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi. 32 yoshli futbolchining oxirgi jamoasi Finlyandiya ning "KuPS" bo‘lgan edi. U erkin agent sifatida Toshkentliklar safiga kelib qo‘shildi. Parjishek faoliyati davomida Gollandiyaning "De Graafschap", "Zvolle", "Emmen", Angliyaning "Charlton", Belgiya ning "Sent Truyden", "Molenbeek", Daniyaning "Randers", Polshaning "Piast", "Pogon", Italiya ning "Frozinone", Ispaniyaning "Leganes" klublarida ham o‘ynagan. Polsha va Finlyandiya chempionatlarida "Piast" hamda "KuPS" klublari bilan g‘olib bo‘lgan.

Hujumchi sobiq jamoasi safidagi so‘nggi golini UEFA Konferensiyalar ligasining so‘nggi turida safarda "Kristal Pэlas" darvozasiga kiritgandi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q