"Paxtakor" legionerga aylangan futbolchisiga omad tiladi

  • 18.09.2020 18:02
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kecha "Paxtakor" klubi futbolchisi Humoyunmirzo Iminov legionerga aylangani borasida xabar bergandik. "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi Humoyunmirzo Iminov faoliyatini Belarusda davom ettiradi.

- Yarim himoyachi "Paxtakor" safida O‘zbekiston chempionatida 6, Osiyo Chempionlar Ligasida bir o‘yinda ishtirok etgan. Ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi maqsadida Iminov Belarusning "Energetik-BGU" jamoasiga bir yil muddatga, istalgan paytda ortga qaytarish sharti bilan ijaraga berildi. Biz Iminovning Belarusdagi faoliyatiga omad tilaymiz, - deyiladi klub xabarida.

"Paxtakor" futbolchisi legionerga aylandi. Hamyurtimiz Evropaga yo‘l oldi (Foto)

photo_2020-09-17_20-28-24

Yil boshida o‘zbekistonlik ikki nafar futbolchi Jasurbek Yaxshiboev va Shahboz Umarov Belarus chempionatiga ko‘chib o‘tgandi. Ayni paytda Yaxshiboev "Shaxtyor"da o‘ynayotgan bo‘lsa, Umarov "Energetik-BGU"da to‘p tepmoqda. Umarov ham BATE klubi bilan shartnoma tuzib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!